Foto: Reuters
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order berdi.
Qaror 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 mayga qadar sodir etilgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar” yuzasidan qabul qilingan.
Xalqaro jinoyat sudi xabariga ko‘ra, sudda Binyamin Netanyaxu va Yoav Galant G‘azo sektoridagi tinch aholini yashash uchun zarur bo‘lgan suv, dori-darmon, oziq-ovqat, tibbiy jihozlar, yoqilg‘i va elektr energiyasidan “qasddan mahrum qilgani” borasida asoslar mavjud.
Sudning qayd etishicha, isroillik amaldorlar insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilgan va o‘z ixtiyoridagi barcha vositalardan foydalanib, tinch aholiga yordam ko‘rsatmagan.
Xalqaro jinoyat sudining bu qaroriga javoban Binyamin Netanyaxuning idorasi sudni Isroilni izolyatsiya qilishda va mamlakatga qarshi “terrorchilik hujumlariga yordam berishda” ayblab chiqdi.
Joriy yilning may oyida Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari yuzasidan Xalqaro sudga murojaat qilgandi.
Foto: Reuters
Qayd etilishicha, JAR Isroilni falastinliklarga qarshi genotsid harakatlarida ayblagan.
JAR suddan Isroilning Rafahga hujumini to‘xtatish va BMT rasmiylari, gumanitar yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar, jurnalistlar va tergovchilarning G‘azoga to‘siqsiz kirishiga ruxsat berishni talab qilgan.
“Hozirgacha omon qolganlar yaqin orada o‘limga duch kelmoqda va ular omon qolishini ta’minlash uchun sudning buyrug‘i kerak”, deyiladi JAR arizasida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
KXDR termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi alohida strategiyamiz mavjud"
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi