23:23 / 21.11.2024
12

Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li hibsga olindi

Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li hibsga olindi
Foto: Report.az
Norvegiya valiahd malikasining to‘ng‘ich o‘g‘li Marius Borg Xyoybi zo‘rlik ishlatishda ayblanib, bir hafta muddatga hibsga olindi. Bu haqda NRK teleradiokompaniyasi ma’lum qildi.

Xyoybi internetda yozishmalar va yaqinlari tomonidan uchrashuvlar taqiqlangan holda bir haftaga hibsga olinadi”, deya xabar berdi NRK.

Shuningdek, politsiya uning uyida tintuv o‘tkazgani qayd etilgan. Ayblanuvchining advokati Eyvind Bratlin sud qarori ustidan shikoyat qilinmasligini aytdi.

NRK ma’lumotlariga ko‘ra, Xyoybiga tanishi bo‘lgan ayol kishiga zo‘ravonlik harakatlari sodir etish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Eyvindning so‘zlariga ko‘ra, mijoz barcha ayblovlar bo‘yicha o‘z aybini rad etadi.

Avvalroq CNN telekanali AQSH prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini xabar qilgandi.

Hakamlar hay’ati uni AQSH Adliya vazirligi taqdim etgan uchta modda bo‘yicha ham aybdor deb topgan. Ikki huquqbuzarlik kichik Bayden 2018 yilda qurol sotib olayotganda giyohvand moddalar iste’mol qilmayotganini aytib, yolg‘on gapirgani tufayli yuzaga kelgan. Uchinchi huquqbuzarlik giyohvandlarga o‘qotar qurolga ega bo‘lishni taqiqlovchi qonunni buzganlikda ifodalanadi.

Foto: Reuters
2023 yil dekabr oyi boshida Hanter Bayden soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ham ayblangan. Prokurorlarning fikricha, prezidentning o‘g‘li hashamatli turmush tarzi uchun millionlab dollar sarflagan. Bu holatda unga 17 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

6 iyun kuni AQSH prezidenti Jo Bayden ABC televideniyesiga bergan intervyusida Delaver okrug sudida o‘tkazilgan sud jarayonlari natijasida o‘g‘li Hanter aybdor deb topilsa, uni afv etmasligini ma’lum qilgan.

Sud Jo Baydenning o‘g‘liga 4 dekabr kuni hukm chiqarishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li hibsga olindi