07:23 / 22.11.2024
36

“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi

“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Foto: Global Look Press / “Hizbulloh” harbiylari
Livanning “Hizbulloh” harakati 21 noyabr kuni Isroil armiyasiga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazganini va Isroilning Ashdod hamda Hayfadagi harbiy bazalarga raketalar bilan hujum qilganini ma’lum qildi.

Islomiy qarshilik jangchilari 24 soat ichida yettinchi marta Xiyom qishlog‘i hududida isroillik harbiy xizmatchilar guruhlariga to‘pdan artilleriya bilan zarba bermoqda”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Tel Harfa chegara posyolkasida Isroilning bir necha evakuatsiya guruhlari zirhli texnika bilan birga hujumga uchragan. Isroil tomoni to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini va olti nafari yaralanganini tan olgan.

Isroil harbiy xizmatchilarining yana bir necha guruhi Mitula aholi punkti hududida hujumga uchragan.

Islomiy qarshilik jangchilari ilk marta Ashdod shahridan sharqda Livan bilan chegaradan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Isroilning Hatzor aviabazasiga bir qator raketalarni uchirdi”, deyiladi “Hizbulloh”ning boshqa bayonotida.

Akko shahridagi Sharaga harbiy bazasi, ishg‘ol qilingan Golan tepaliklarida erta ogohlantirish markazi va Livan bilan chegaradan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan Isroil harbiy-dengiz kuchlari bazasi Hayfa ham raketalar va dron hujumlariga uchragan.

Isroil aviatsiyasi, o‘z navbatida, Bayrutning janubiy chekkasida va Livan sharqidagi Bekaa vodiysidagi bir qancha aholi punktlariga to‘rtta qator zarbalar bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi