Foto: Dunyo
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Rossiyaning "Texnopan" MCHJ bosh direktori Yevgeniy Vaulin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida mazkur kompaniyaning O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Rossiyada o‘zbekistonlik mutaxassislarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yevgeniy Vaulin ta’kidiga ko‘ra, kompaniya rejalarida o‘zbekistonlik potensial hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, jumladan, "Texnopan" brendi ostida sendvich-panellar ishlab chiqarishni bevosita O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalasi ham bor.
"Texnopan" MCHJ rahbari ishlab chiqarish jarayonlariga o‘zbek mutaxassislarini – oddiy ishchilardan tortib muhandislargacha jalb etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
"Bugungi kunda kompaniyaning Novosibirsk shahridagi korxonalarida yuqori kasbiy fazilatlarga va yuksak obro‘-e’tiborga ega 20 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari faoliyat yuritmoqda", - dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi