Foto: Reuters
Ukraina armiyasi hali Kursk viloyatini tark etishni rejalashtirmayapti va “kerak bo‘lganda” u yerda qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AFP nashri Ukraina armiyasidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Hisobotda qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari hujumlarning eng yuqori cho‘qqisida Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan 1400 kvadrat kilometrdan sal kamroq qismini nazorat qilgan. Hozirda Rossiyaning qariyb 800 kvadrat kilometr maydoni ukrainlar nazorati ostida qolmoqda.
Foto: Reuters
Shuningdek, ukrainalik manbalar AFP nashriga Rossiya armiyasi Donetsk viloyatida Pokrovsk va Kuraxova tomon oldinga siljishda davom etayotganini ma’lum qilgan. Kuraxovo yaqinida Rossiya har kuni 200-300 metr maydonni egallashga muvaffaq bo‘lmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning Dnepr shahriga zarba berish uchun Rossiyaning yangi “Oreshnik” raketasidan foydalanish haqidagi so‘zlarini sharhlar ekan, AFP suhbatdoshlari Rossiya QK arsenalidagi bunday raketalar soni “juda cheklangan”ligini aytgan.
Putin 21 noyabr kuni Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini tasdiqlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan, armiya ko‘zlangan maqsadga erishgan: “Dnepropetrovskda Sovet ittifoqi davridan beri eng yirik va mashhur sanoat majmualaridan biri bo‘lgan, bugungi kunda raketa texnologiyalari va boshqa qurollar ishlab chiqaradigan Yujmash zavodi zarar ko‘rgan”.
“Shu paytdan boshlab, biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, avvalroq G‘arb tomonidan qo‘zg‘atilgan Ukrainadagi mintaqaviy mojaro global miqyosda tus oldi”, dedi Rossiya yetakchisi.
Putin o‘z bayonotida Rossiya raketalardan foydalanishdan oldin Ukraina fuqarolarini xavfli zonani tark etish haqida ogohlantirishini ta’kidladi.
“Rossiya tinch yo‘lni afzal ko‘radi, biroq voqealarning har qanday rivojiga ham tayyor, javob doimo tayyor”, deya qo‘shimcha qilgan u.
BRB: Rossiya Dneprga Kedr raketasi bilan zarba berdi
Rus armiyasi Dnepr shahriga Kedr raketasi bilan zarba bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) ma’lum qildi.
Vazirlik matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, raketaning Astraxandan Dneprga ucish vaqti 15 daqiqani tashkil qilgan. Raketaning tezligi, Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 13500 km/soat bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi