17:00 / 24.11.2024
7

Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi

Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Foto: Yan Dobronosov / REUTERS
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk oblastida avgust oyidagi hujum vaqtida egallab olingan hududlarning 40 foizdan ortig‘ini Rossiyaning qarshi hujumlari to‘lqini sabab qo‘ldan chiqargan. Bu haqda Ukraina Bosh shtabidagi manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, ukrain qo‘shinlari Kurskka kirganidan buyon Rossiya 59 ming harbiysini ushbu frontga yo‘naltirgan.

Manba, shuningdek, Kursk oblastiga shimoliy koreyalik 11 ming askar yetib kelgani, lekin ularning katta qismi hali tayyorgarlikdan o‘tayotganini qayd etgan.

Reuters suhbatdoshiga ko‘ra, avgust oyida Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida 1300 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallab olgan, hozir esa taxminan 800 kvadrat kilometrlik hududni nazoratida ushlab turibdi.

Agentlik ushbu iddaolarni mustaqil tekshirish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi so‘rovga javob bermagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi