14
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”
Foto: Hurriyet
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarining Turkiya tomonidan yopilishi Odessa, Nikolayev va boshqa hududlarning bosib olinishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar xabar berdi.
"Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarining Turkiya tomonidan yopilishi Ukraina mudofaasining asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. Biz bitta “Moskva”ni cho‘ktirib yubordik, yana ikkita rus kreyseri esa O‘rta Yer dengizida kutib turardi. Turkiya bo‘g‘ozlarni yopgani, menimcha, Rossiyaga Odessa, Nikolayev va boshqa hududlarni bosib olish uchun dengizdagi ustunligidan foydalanishga imkon bermadi", dedi Bodnar.
Bundan tashqari, diplomat Turkiya Ukraina uchun jiddiy transport xabiga aylanganini qo‘shimcha qildi.
Ilgari Ukraina uchun yuklar ortilgan kemalar Turkiya portlarida to‘xtaganida, normativ baza ukrainalik tashuvchilarning bu yuklarni olib ketish uchun kirishiga yo‘l qo‘ymasdi. Hozir esa transport sohasida vizasiz tizim joriy etilgan. Kompaniyalarimiz litsenziya va ruxsatnomalarsiz Turkiya va boshqa davlatlar portlaridan Turkiya hududi orqali Ukrainaga juda zarur yuklar tashimoqda, dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, yaqin orada Vasiliy Bodnar Ukrainaning Polshadagi elchisi lavozimini egallaydi. Tegishli farmonni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy allaqachon imzolagan.
Ukrainadagi urush: Turkiya pozitsiyasi
Kuni kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSH Ukraina armiyasiga ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berganini tanqid qildi.
Shuningdek, Erdo‘g‘on AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp “muammoni hal qilishga asoslangan yondashuvni qo‘llasa”, Ukrainadagi urush tezda tugashi mumkinligiga ishonch bildirdi:
"Agar Tramp ma’muriyati muammoga yechim topish nuqtayi nazari bilan yondashganini ko‘rsak, bu urushni osonlikcha tugatishimiz mumkin... Ko‘proq muloqot, diplomatiya va kelishuv qurol-yarog‘, bomba va mojarolarga emas, balki tinchlikka yo‘l ochadi", degan Turkiya rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi