06:57 / 25.11.2024
114

Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi

Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Xitoy xalqaro turizm va ish safarlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari doirasida Yaponiya va dunyoning yana sakkizta mamlakati fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 30 noyabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Malta, Estoniya, Latviya va Yaponiya fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishiga ruxsat beriladi. XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Szyanning ma’lum qilishicha, ushbu davlatlar fuqarolarining mamlakatda vizasiz qolish muddati ikki barobarga — 30 kungacha oshiriladi.

Bu Xitoyning bir tomonlama vizasiz siyosati doirasini 29 ta davlatdan 38 tagacha kengaytiradi.

Avvalroq Xitoy 2025 yil 31 dekabrga qadar amalda bo‘ladigan dastur doirasida Slovakiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, Islandiya, Androrra, Monako, Lixtenshteyn va Janubiy Koreya fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishga ruxsat bergandi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi sa’y-harakatlar mamlakatga keladigan turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 2019 yilda, koronavirus pandemiyasiga qadar Xitoyga 49,1 millionga yaqin turist tashrif buyurgan. 2024 yilning dastlabki yetti oyida esa turistlar soni 17,25 million nafarni tashkil etgan. Birinchi yarim yillikda vizasiz tashrif dasturiga kiritilgan davlatlardan 8,5 million turist kelgan. Bu Xitoyga kelayotgan jami turistlar oqimining 58 foizi demak, shuningdek, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 190 foizga oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi