12:49 / 25.11.2024
38

Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi

Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
38 yoshli xonanda Munisa Rizayeva 24 noyabr kuni ilk marta ona bo‘ldi. U Argentinaning Buenos-Ayres shahrida joylashgan klinikalardan birida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Bu haqda xonandaning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishdi.

Foto: Instagram
Munisa bir necha kun avval Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislarining savollariga javob berar ekan, farzandini kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgandi. Shuningdek, xonanda bir muddat avval farzandiga Muhammad yoki Daniel ismini qo‘ymoqchi ekanligini ham ma’lum qilgan. Munisa Argentina tibbiyotining rivojlanganligi bo‘yicha dunyoda 33-o‘rinda turishini aytib, aynan shuning uchun farzandini aynan Buenos-Ayresda dunyoga keltirishi haqida ham gapirib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva 2023 yilning 7 sentyabrida belaruslik Arseniy ismli yigitga turmushga chiqqan edi. Xonanda farzand kutayotgani haqidagi yangilikni muxlislariga 2024 yilning may oyida ma’lum qilgandi.

Munisa O‘zbekistonga 2025 yilning martida qaytishni rejalashtirmoqda. U Instagram sahifasi orqali muntazam ravishda aloqaga chiqib, homiladorlik davri qanday o‘tayotgani haqidagi savollarga javob berib kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi