21:05 / 26.11.2024
4

Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi

Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
Foto: RIA Novosti
Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida Rossiya chegarasini noqnuniy kesib o‘tganlik va Kursk oblastidagi jangovar harakatlarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan Buyuk Britaniya fuqarosi Jeyms Skott Ris Anderson sud tomonidan hibsga olindi.

Kursk sudi mahkamasi 25 noyabr kuni yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Andersonni Tergov qo‘mitasining Bosh harbiy tergov boshqarmasi hibsga olishni so‘ragan.

Sud matbuot xizmati bayonotida Andersonga qanday ayblovlar qo‘yilgani ko‘rsatilmagan, biroq u «muayyan jamoat uchun xavfli bo‘lgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni» sodir etganlikda gumonlanuvchi deb atalgan. Sudning veb-saytida 25 noyabr kuni o‘tkazilgan mahkama haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Rossiya matbuoti 25 noyabr kuni rus qo‘shinlari Andersonni qo‘lga olgani haqida xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolardan birida u 2019-2023 yillarda Britaniya armiyasida oddiy askar bo‘lib xizmat qilgani va xizmatdan bo‘shatilganidan keyin, televizorda urush haqidagi reportajni ko‘rgach, Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida xorijiy legionga qo‘shilganini ingliz tilida aytadi.

22 yoshli Andersonning otasi Daily Mail nashriga o‘g‘lining qiynoqqa solinishidan qo‘rqishini aytdi. Unga ko‘ra, oila Andersondan Ukrainaga bormaslikni so‘ragan. Ukraina armiyasida, Andersonning otasining so‘zlariga ko‘ra, u aloqachi bo‘lgan.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bu hodisadan xabardor ekanini va hukumat o‘z fuqarosini qo‘llab-quvvatlash uchun «qo‘lidan kelgan barcha ishni» qilishini aytdi.

The Guardian nashrining qayd etishicha, Andersonning ishi G‘arb askarining Rossiya hududida asirga olingani haqidagi ilk ma’lum holat bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi