Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning davlat xarajatlarini qisqartirish rejasi hukumat advokatlarini ommaviy ravishda xususiy sektorga o‘tishga majbur qilmoqda, deb yozadi Reuters axborot manbalariga tayanib.
Vashingtonda 20 yil davomida rekruter bo‘lib ishlagan Den Bienstokning so‘zlariga ko‘ra, uning firmasiga murojaat qilgan AQSH federal hukumati xodimlarining soni saylovdan keyingi davrda odatdagidan besh baravar ko‘paygan.
“Davlat ishchilari orasida o‘z kelajagi bo‘yicha mavhumlik darajasi yuqori cho‘qqiga chiqqan”, degan u.
Avvalroq amerikalik milliarder Ilon Mask va tadbirkor Vivek Ramasvami saylangan prezident Donald Tramp davrida davlat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qilishi xabar berilgandi.
Tramp “buyuk Ilon Mask amerikalik vatanparvar Vivek Ramasvami” bilan birgalikda Davlat samaradorligi departamentini (DOGЕ) boshqarishini aytdi.
“Birgalikda bu ikki ajoyib amerikalik mening ma’muriyatim uchun davlat byurokratiyasini demontaj qilish, ortiqcha qoidalarni, keraksiz xarajatlarni kamaytirish va federal agentliklarni qayta tashkil etish yo‘lini ochib beradi”, dedi Tramp.
Shuningdek, Ilon Mask o‘z manfaatlarini ilgari surishi Tramp jamoasiga yoqmayotgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi