18:11 / 28.11.2024
14

Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi

Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi
Foto: Reuters

Eron mintaqada keskinlashuvga intilmayapti, lekin “o‘zini himoya qila oladi”, deya Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, Eron Isroil bilan urushni istamasa-da, lekin bunga tayyor.

"Isroil bizning imkoniyatlarimizni biladi. Biz isroilliklardan farqli ravishda, mintaqada keskinlashuvni istamaymiz. Albatta, biz urushga, hatto keng ko‘lamli urushga ham tayyormiz. Ammo bu bizning xohishimiz emas. Bu bizning tanlovimiz emas. Agar isroilliklar bu variantni tanlasa, biz bunga to‘liq tayyormiz. Isroil tomoni har qanday oqibatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak", dedi.

Eron diplomatiyasi rahbarining fikricha, Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal qilish uchun javobgarlik AQSH zimmasida. U, shuningdek, Isroil “butun mintaqani keng ko‘lamli urushga tortmoqchi” ekanini qo‘shimcha qildi.

Araqchi Eron bilan ittifoqchi “Hizbulloh” harakati Livan janubidagi ikki oylik janglardan keyin zaiflashgan, deb hisoblamasligini aytdi.

Agar “Hizbulloh” zaiflashganida edi, menimcha, Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasdi, deydi eronlik siyosatchi.
26 noyabr kuni Isroil Harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Livanning “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni ma’qullagan edi.

Sulh mazmuni

Sulh Livandagi BMT muvaqqat kuchlari ko‘magida Livan armiyasining janubiy chegara bo‘ylab uchastkalarni bosqichma-bosqich nazorat qilishni nazarda tutadi. O‘z navbatida, Isroil ikki oy ichida Livandan o‘z harbiylarini olib chiqishi shart. “Hizbulloh” BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasiga muvofiq Livanning janubidagi ishtirokini to‘xtatib, Litani daryosining shimolidan chekinishi kerak bo‘ladi.

26 noyabr kuni Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi bosh vazir Binyamin Netanyaxu tomonidan tuzilgan “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejasini tasdiqladi. AQSH prezidenti Jo Bayden kelishuv Vashington tashabbusi bilan erishilganini aytdi.

AQSH va Fransiya kelishuv to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash uchun Isroil va Livan bilan hamkorlik qilishga va’da berdi, dedi Bayden va boshqa noma’lum ittifoqchilar ham yordam berishini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi