Suriyada Eron Islom Respublikasi generali o‘ldirildi

Suriyada Eron Islom Respublikasi generali o‘ldirildi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni general Purhoshimiy Suriya isyonchilarining Halab g‘arbiga uyushtirgan hujumi chog‘ida o‘ldirilgani aytilmoqda.

Eronning Tasnim axborot agentligiga ko‘ra, «harbiy maslahatchi» sifatida ta’riflangan brigada generali Halab yaqinida Suriya muxolifatining hujumi oqibatida halok bo‘lgan.

Hisobotda Purhoshimiyning harbiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Ikki kundan beri Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida prezident Bashar Asad rejimi va hukumatga qarshi qurolli guruh o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.

To‘qnashuvlar chog‘ida muxoliflar Asad rejimi nazorati ostidagi 39 qishloqni qo‘lga kiritgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar