Foto: ura.ru
Rossiya xavfsizlik kuchlari Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktga aloqadorlikda ayblanayotgan yana to‘rt kishini qo‘lga oldi. «Izvestiya» o‘z manbasiga tayanib yozganidek, hibsga olinganlar Rossiya hukumati terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan Shimoliy Kavkazdagi Batalxajin musulmonlar jamoatiga mansub ekani aytilmoqda.
Gazeta gumonlanuvchilarning ismlarini keltirdi: 22 yoshli Xusen Kulayev, 27 yoshli Mahmud Kartoyev, 28 yoshli Mansur Tochiyev va 35 yoshli Magomed Santaliyev. Aytilishicha, ular o‘z navbatida terrorchilarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan jinoiy guruh tarkibiga kirgan Botir Kulayevga yashirinishga yordam bergan. Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, batalxajinlarning «rahbarlari» terrorchilarning sheriklarini chet elga chiqib ketishiga faol hissa qo‘shganini ko‘rsatadigan yozishmalar topilgan.
Noyabr oyi boshida «Krokus Siti Xoll»dagi terakt ishi bo‘yicha to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘lgani xabar qilingan edi. Ularning barchasi Ingushetiya aholisi bo‘lib, tergovchilarga ko‘ra, batalxajin jamoatiga aloqador bo‘lishi mumkin. Ular Kalashnikov avtomatlarini patronlar bilan birga terrorchilarga topshirgani ta’kidlanmoqda. Ikki nafar gumonlanuvchi Surxaxi Xusayn Medov va Jabroil Aushev qo‘lga olindi. Xavaj-Bagaudin Aliyev va Botir Kulayev qidirilmoqda.
22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida 145 kishi halok bo‘lgan edi. Tergov jinoyatning bevosita ijrochilari sifatida Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni ko‘rsatmoqda. Bu ish bo‘yicha jami 20 dan ortiq kishi hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Alisher Usmonov saylanganining ertasigayoq FIE prezidentligidan ketdi
Osiyo chempionati. Javohir Ummataliyev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etdi
Islom Ahmedov Qirg‘izistonda yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
Prezident qonunni imzoladi: Qurolli Kuchlarning jangovar shayligi oshiriladi
Bayden lavozimini tark etishi oldidan o‘g‘lini afv etdi