Foto: Reuters
Namibiyada 27-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasiga ko‘ra, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaytva — SWAPO (Janubi-g‘arbiy Afrika xalq tashkiloti) partiyasining vitse-raisi prezident etib saylandi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida saylovchilarning 76,05 foizi ovoz bergan.
MSK hisob-kitoblariga ko‘ra, Nandi-Ndaytva 58,07 foiz ovoz to‘plagan — unga 638,5 ming odam ovoz bergan. «Namibiya xalqi tinchlik va barqarorlik uchun ovoz berdi», — deydi siyosatchi natijalar e’lon qilinganidan keyin.
Nandi-Ndaytva SWAPO mustaqillik uchun JARga qarshi partizanlik urushini olib borgan vaqtlardayoq tashkilotning faol a’zosi bo‘lgan, qo‘shni Zambiyada quvg‘inda faoliyat yuritgan, 1970 yillarda SSSRda o‘qigan. 2012 yildan beri Namibiya xalqaro munosabatlar va hamkorlik vaziri lavozimida ishlab keladi, 2015 yildan 2024 yil fevralga qadar bosh vazir o‘rinbosari edi.
To‘plangan ovozlar soni bo‘yicha 67 yoshli Panduleni Itula asosiy raqobatchisidan qolib ketdi. Stomatolog va SWAPO‘ning sobiq a’zosi bo‘lgan Itula 2019 yilda prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etgan va 29 foiz ovoz to‘plagan edi. Shundan so‘ng u SWAPO a’zoligidan chiqarilgan va Itula o‘z partiyasini tuzgan. Joriy yilgi saylovlarda esa u 25,84 foiz ovoz to‘pladi. Prezidentlik lavozimi uchun jami 15 nomzod kurashdi — keyingi yetakchilar 5,04 foizdan 0,11 foizgacha ovoz to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Olimlar inson tanasidan chiqadigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantirishni o‘rgandi
"Eng yaxshisi hali oldinda" yoki "Hali hammasi oldinda..." iboralari haqida
Abbosbek Fayzullayev SSKAda qancha maosh oladi?
Ingliz amaldori keskin bayonot berdi: "Britaniya armiyasi bir yil ham dosh berolmaydi!"
Gvardiola "Liverpul" muxlislarining "Ertalab seni iste’foga chiqarishadi!" deb qichqirishiga qanday javob berdi?