date
views 65

Daraxtlar yorqin va issiq kiyim bilan bezatilmoqda...

Daraxtlar yorqin va issiq kiyim bilan bezatilmoqda...
Foto: Jenmin jibao
Atrofdagi narsalarni matoli, ya’ni to‘qilgan buyumlar bilan bezash bo‘yicha san’at turi – «yarn bombing» Xitoy poytaxti Pekinga ham yetib keldi.

Gap shundaki Pekin ko‘chalaridan birining daraxtlarida yorqin kiyimlar paydo bo‘ldi. Bu yorqin kiyimli daraxtlar odamlarning e’tiborini tortmay qo‘ymadi – endilikda ularni ko‘pchilik suratga olishmoqda.

Bunday issiq kiyimlar daraxtlarni sovuqdan himoya qiladi va xavfsiz qishlash uchun sharoit yaratadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, somon yoki kanop arqonidan an’anaviy foydalanish bilan solishtirganda, bu yorqin kiyimlar ko‘p funksiyalarni bajaradi: ular nafaqat daraxtlarni sovuqdan, shamoldan va namlikdan himoya qiladi, balki shahar landshaftining yorqin bezagiga aylanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daraxtlar yorqin va issiq kiyim bilan bezatilmoqda...