09:16 / 09.12.2024
68

AQSH Suriya hududiga 70 dan ortiq aviazarba berdi

AQSH Suriya hududiga 70 dan ortiq aviazarba berdi
Amerikaning B-52 va F-15 jangovar samolyotlari
Foto: Associated Press

AQSH Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi CENTCOM Suriyadagi “Islomiy davlat” ISHID aniqlangan nishonlariga jangovar samolyotlar tomonidan 70 ga yaqin yuqori aniqlikdagi zarbalar berilganini e’lon qildi.

AQSH armiyasi aviatsiyasi Suriyadagi mavjud vaziyatdan terrorchilarning foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriyadagi ISHID va uning jangarilariga o‘nlab aniq havo hujumlarini amalga oshirdi”, deyiladi hisobotda.

CENTCOMning qo‘shimcha qilishicha, havo hujumlari natijasida 75 ga yaqin nishon zarar ko‘rgan.

Bir kun avval Amerikaning The New York Times (NYT) nashri Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan qurolli muxolifat Oq uy ma’muriyatini ularning faoliyatida “Islomiy davlat” ning ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirganini yozgan edi.

Suriyadagi vaziyat

Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Keyinroq Reuters nashri Asad bortida bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qolgani, ehtimol, urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilingan.

Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Suriya hududiga 70 dan ortiq aviazarba berdi