Qahvani yaxshi ko‘ruvchi insonlar tez orada o‘zlarining tongi sevimli ichimligi narxi qimmatlashishiga duch kelishi mumkin, chunki xalqaro savdo bozorlarida qahva narxi tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, 10 dekabr kuni jahonda eng ko‘p yetishtiriladigan arabika navli qahvalar narxi bir funti uchun (0,45 kilogramm) 3,44 dollardan oshgan. Bu dunyodagi eng yirik ikki qahva yetishtiruvchi — Braziliya va Vetnam noqulay ob-havo sharoitidan jabr ko‘rgani, ammo ichimlik tobora ommalashib borayotgani fonida yuz bermoqda.
Ekspertlardan birining BBC'ga ma’lum qilishicha, qahva brendlari joriy yilning o‘zida narxlarni oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Tuan Loc Commodities bosh direktori Vin Nguenning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda yirik qahva ishlab chiqaruvchilar o‘z mijozlarini yo‘qotmaslik va bozordagi ulushini saqlab qolish uchun narxlarni oshirmay kelgan, ammo endi vaziyat o‘zgaradi. «JDE Peet, Nestle va boshqa shu kabi brendlar xomashyo narxining oshishi tufayli zarbalarni qabul qilib olmoqda», — deydi u.
Qahva hosildorligining kamayib ketishi bo‘yicha bundan oldingi rekord 1977 yilda — Braziliyadagi plantatsiyalarga kutilmaganda qor yog‘ganida kuzatilgan edi. Ta’kidlanishicha, Braziliyaning 2025 yilgi hosiliga oid xavotirlar narxlar ko‘tarilishiga asosiy omil hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Osiyo chempionati. Bugun 10 nafar bokschimiz chempionlik uchun ringga chiqadi
Yevropa top klublari murabbiylari yiliga qancha daromad qiladi?
Ekspert: Putinning “Oreshnik” raketasi Vashingtonni xavotirga solib qo‘ydi
Moskvada milliarder “bomj” ushlandi...