Foto: TASS
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ixtiyorida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etmayotgan 80 mingdan ziyod jangchi bor. Bu haqda u Grozniydagi politsiyaning maxsus polki kazarmasiga uyushtirilgan dronlar hujumiga izoh berish vaqtida oshkor qilib qo‘ydi.
Qodirov ushbu hujumni javobsiz qoldirmaslini ma’lum qildi. «Checheniston Respublikasida birinchi buyruqdanoq jangga otlanishga tayyor ko‘ngilli va bo‘linmalar jangchilaridan iborat 84 ming kishilik zaxira bor», — deydi u.
Qodirov o‘z armiyasini kengaytirish uchun Ukrainadagi urushdan faol foydalanib keladi. Deyarli uch yildan beri bo‘layotgan urush davomida uning nazorati ostidagi qurolli tuzilmalar soni qariyb uch barobarga oshdi: yettitadan 19 taga. Sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Chechenistonga kelganida Qodirov 2,5 ming kishidan iborat yana bir bo‘linma tuzilishini e’lon qilgandi.
Ushbu otryadlar, polk va batalonlar rasman federal idoralarga bo‘ysunadi: Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya va IIV. Ammo ularning aksariyati etnik tamoyilga asosan to‘plangan, xususan, faqat chechenlardan iborat va deyarli doim respublika hududidan chiqmaydi. Har bir bo‘linmaga Qodirovga sodiq komandir rahbarlik qiladi.
Checheniston rahbari kuch tuzilmalarini tez-tez nazorat qilib turadi. Oktyabr oyida Qodirov o‘z ixtiyorida «to‘liq ta’minlangan va qurollangan 70 ming jangchi» borligini ma’lum qilgandi. Saf namoyishlarida faqat «Axmat» ko‘ngillilari ishtirok etmaydi. Ushbu bo‘linmaga yaqinda general-leytenant unvonini olgan Apti Alaudinov boshchilik qiladi. Jurnalistlarning aniqlashicha, bo‘linmada mamlakatning turli nuqtalaridan kelgan askarlar xizmat qiladi va tarkibida deyarli chechenlar yo‘q. Qodirov avgust oxirida mazkur bo‘linmaga 19 ming kishi kelib qo‘shilganini aytgandi. Aynan shu chaqiriluvchilar qisqa muddatli tayyorgarlikdan so‘ng frontga yuboriladi — respublika rahbari har bir necha kunda urushga jo‘nab ketgan ko‘ngillilarning yangi partiyasi haqida hisobot berib keladi.
Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni «CHP Grozniy 95» Telegram-kanalida 21 yoshli askar «Axmat» «srochniklar ortiga yashiringani» haqidagi gaplari uchun uzr so‘ragani videosi tarqalgandi. Undan avvalroq esa Apti Alaudinov chechen jangchilari chegaradagi pozitsiyalarda qolishgani, yurish qilayotgan ukrain qo‘shini esa jangga kirishmay, ularni qandaydir tarzda aylanib o‘tib ketganini aytgandi. Ammo bu versiya bahsli: harbiy muxbir Yuriy Kotyonok «axmatchilar» Kursk oblastining aynan Ukraina qurolli kuchlari hujum boshlagan rayonlari bo‘ylab joylashtirilgani haqida aytgan. «VCHK-OGPU» Telegram-kanali qodirovchilar ukrain harbiylarining ilk zarbasidan keyinoq «sochilib ketgani» — ya’ni qochib qolgani haqida yozgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi