Foto: Getty Images
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni hal qilishda «ozgina olg‘a siljish» haqida gapirdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi. Bu haqda u 16 dekabr, dushanba kuni saylovda g‘alaba qozonganidan keyingi ilk matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskva bilan tinchlikka erishmoqchi va u bu borada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanmoqchi. U Volodimir Zelenskiyni urush oxirida «shartnoma tuzishga» tayyorlanishga chaqirdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidentini Donald Tramp 2025 yil yanvarida o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimiga taklif qilmagan.
Bundan tashqari, AQSHning saylangan prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba yo‘llashga ruxsat bergan qarorini noto‘g‘ri va ahmoqlik deb atadi va buni qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.
Kiyev Moskva bilan tinchlik o‘rnatish uchun o‘z hududlarining bir qismini qurbon qilishi kerakmi, degan savolga Tramp bilmasligini aytdi. «Ko‘p yerlarda birorta ham bino yo‘q, odamlarning qaytib keladigan joyi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi u.
«Bu yomon. Hech kim ko‘rmagan sonda odamlar o‘ldirilmoqda. Bilasizmi, u yerda juda tekis dalalar bor. Va o‘qni to‘xtatadigan yagona narsa — tana, inson tanasi. O‘ldirilgan askarlar soni har ikki tomondan ham astronomikdir, men hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman», — dedi Donald Tramp Ukrainada davom etayotgan jangovar harakatlar haqida.
Tramp: Ukrainadagi urushni tugatish ustuvor vazifa bo‘ladi
Ukrainadagi urush imkon qadar tezroq to‘xtatilishi kerak, bu AQSH tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanadi. Bu haqda AQSH saylangan prezidenti Donald Tramp 11 dekabr kuni chop etilgan Fransiyaning Paris Match jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Suhbat 7 dekabr kuni Parijda o‘tkazildi, u yerga Tramp Notr-Dam soborining restavratsiyadan so‘ng ochilishiga kelgan. Suhbatning asosiy qismi ushbu voqea, AQSH-Fransiya munosabatlari, migratsiya va Yaqin Sharqdagi mojarolarga qaratildi.
Donald Tramp Ukraina haqida gapirar ekan, 2025 yil yanvarida Oq uy rahbari lavozimiga kirishganidan so‘ng Ukrainadagi urushni tugatishni tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirish niyatida ekanini aytdi. «Menimcha, biz Rossiya bilan Ukraina muammosini hal qilishimiz kerak», deb tushuntirdi u. Yaqin Sharq ham «katta ustuvor masala» bo‘lsa-da, u yerdagi vaziyat Ukrainadagiga qaraganda «murakkab emas», dedi Donald Tramp.
U Ukrainada halok bo‘lgan «yuz minglab askarlar» haqida gapirdi. Bu urush ham, Yaqin Sharqdagi mojaro ham «tezda» hal qilinishi kerak, chunki «ko‘p odamlar halok bo‘lmoqda». Tramp Parijdagi uch tomonlama muzokaralarni «prezident Zelenskiy bilan yaxshi uchrashuv» deb atadi.
Donald Tramp, shuningdek, Bashar Asad rejimi qulagandan keyin AQSH Suriya ishlariga aralashmaydi, degan va’dasini takrorladi. «Suriya o‘zini o‘zi boqishga majbur bo‘ladi», dedi respublikachi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Xitoy xalqaro brendlar uchun ortiq imkoniyatlar mamlakati emasmi?
Rossiya Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi
Rossiya bir kechada Ukrainaning 37 ta dronini yo‘q qildi
Toshkent avtobuslarida naqd shaklda to‘lov qabul qilish to‘xtatiladi
Moskvada Rossiya armiyasining nufuzli generali portlatib yuborildi
O‘zbek futbolining 2024 yildagi eng yaxshilari taqdirlandi