12:43 / 18.12.2024
792

Moskvada rossiyalik general o‘ldirilishida qatnashganini O‘zbekiston fuqarosi tan oldi (video)

Moskvada rossiyalik general o‘ldirilishida qatnashganini O‘zbekiston fuqarosi tan oldi (video)
Foto: Associated Press
Rossiya Tergov qo‘mitasi FXX va IIV hamkorligida O‘zbekistonning 29 yoshli fuqarosini terrorchilik hujumi sodir etishda gumon qilib, qo‘lga oldi. U 17 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning o‘ldirilishida gumonlanmoqda.

Mahalliy nashrlar yozishicha, u so‘roq paytida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, buning uchun 100 ming dollari miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yashash uchun chiqishi kafolatlanganini aytgan.

«U Ukraina maxsus xizmatlarining ko‘rsatmasi bilan Moskvaga kelgan va qo‘lda yasalgan portlovchi moslamani Igor Kirillov yashagan turar joy binosiga kiraverishida turgan elektr skuteriga qo‘ygan. Harbiy xizmatchining yashash joyini kuzatish maqsadida u avtomashina ijaraga olib, u yerda videokuzatuv kamerasini o‘rnatgan. Ushbu kameradan olingan kadrlar Dnepr shahridagi terakt tashkilotchilariga onlayn tarzda uzatib turilgan. Harbiy eshikdan chiqib ketayotgani haqida videosignal olinganidan keyin portlovchi qurilma masofadan turib ishga tushirilgan», — deyiladi Rossiya tergov qo‘mitasi bayonotida.

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun O‘zbekiston fuqarosiga 100 ming dollar miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yashash uchun borishi kafolatlangan bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu jinoyatni uyushtirishga aloqador boshqa shaxslar aniqlanmoqda.

General-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi 17 dekabr kuni tongda Moskva shahri Ryazansk prospektidagi uyi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lgandi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma uy pod’ezdi yonida turgan elektr samokatga o‘rnatilgan. Portlash kuchi ekvivalentni taxminan bir kilogramm trotilga teng bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi terakt, qotillik va noqonuniy qurol saqlash moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada rossiyalik general o‘ldirilishida qatnashganini O‘zbekiston fuqarosi tan oldi (video)