197
Rossiyadagi o‘zbeklar kengashi rahbari Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlikni haqorat qildi
Foto: vku-org
«Biz shunchalik sarmoya kiritamiz, yaxshi munosabatlarga sarmoya kiritamiz... Bular kamdan kam uchraydigan, sotqin maxluqlarki, qurolsiz odamga tiyinlar evaziga shunday terrorchilik harakatlarini amalga oshiradi», — degan Xudoyberdiyev RIA Novosti'ga bergan izohida.
Ibrohim Xudoyberdiyev, shuningdek, o‘z yurtdoshlari ekstremistlar bilan aralashib ketmasliklari uchun «tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish kerak»ligini ta’kidlagan.
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi 17 dekabr kuni tongda Moskva shahri Ryazansk prospektidagi uyi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lgandi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma uy pod’ezdi yonida turgan elektr samokatga o‘rnatilgan.
18 dekabr kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi FXX va IIV hamkorligida O‘zbekistonning 29 yoshli fuqarosini terrorchilik hujumi sodir etishda gumon qilib, qo‘lga oldi. U so‘roq paytida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, buning uchun 100 ming dollar miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yashash uchun chiqishi kafolatlanganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Uy-joy qurilishi bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi mumkin
Qirg‘iziston prezidenti bosh vazirning iste’foga chiqishi sababini aytdi