Foto: AFP
Falastinning HAMAS harakati G‘azo kelishuvining birinchi bosqichida urushni butunlay tugatish shartidan voz kechdi, deya xabar bermoqda Al Arabiya.
Bu jumladan, tibbiy yordam zarur bo‘lgan garovdagilarni, shuningdek G‘azo sektorida ushlab turilgan keksalar va ayol harbiylarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari dekabr oyi oxirigacha kelishuv imzolanishi mumkinligini qayd etdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS kelishuvning birinchi bosqichida to‘liq otashkesim e’lon qilish va Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqidagi avvalgi talabidan ham voz kechgan. Shu bilan birga, harakat rasmiylari anklavning shimoliy hududlari aholisi isroil harbiylari nazoratsiz o‘z uylariga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerakligini ta’kidlamoqda.
Kelishuv doirasida Isroil qamoqdan ozod qilishi kerak bo‘lgan falastinlik mahbuslar Qatar va Turkiyaga yuborilishi rejalashtirilmoqda. Al Arabiyaning yozishicha, HAMAS ushbu variantni ma’qullagan. Tomonlar birinchi bosqichda ozod qilmoqchi bo‘lgan mahbuslar va garovga olinganlar soni aniqlanmagan.
Bir kun avval HAMAS Isroil yangi shartlarni ilgari surishni to‘xtatsa, kelishuv imzolanishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi. Ynet’ning nashriga ko‘ra, “shartnomaning barcha tafsilotlari allaqachon ma’lum”, ammo asosiy bahs birinchi bosqichda HAMAS ozod qiladigan garovdagilar soniga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda