Ramzan Qodirov bu ishni qilgan ota-onalarga 500 ming rubldan mukofot bermoqchi...

Ramzan Qodirov bu ishni qilgan ota-onalarga 500 ming rubldan mukofot bermoqchi...
Foto: TASS
Ramzan Qodirov o‘z farzandlariga Checheniston qahramonlarining ismlarini qo‘ygan ota-onalarga 500 ming rubldan mukofot bermoqchi.

Checheniston rahbari ushbu tashabbusni «aksiya» deb e’lon qildi va yil oxiriga qadar o‘tkazmoqchi.

Bundan tashqari, Qodirov o‘z yurtdoshlarini muhim ahamiyatga ega tarixiy narsa-buyumlarni to‘plashda yordam berishga va ularni hududiy muzeylarga topshirishga chaqirdi.

«Bu bilan nafaqat o‘z tariximizni saqlab qolamiz, balki undan kelajak avlod ham bahramand bo‘ladi», — deb yozdi Ramzan Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar