date
views 95

Shimoliy Koreyalik hakerlar joriy yilda 1,3 mlrd dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi

Shimoliy Koreyalik hakerlar joriy yilda 1,3 mlrd dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi
Foto: AFP
2024 yilda hakerlar onlayn platformalar va blokcheyn loyihalarni buzib kirish orqali 2,2 milliard dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Chainalysis tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga keltirilgan.

Qayd etilishicha, o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilga nisbatan 21 foizga oshgan. Shu bilan birga, ular 2022 yilgi rekord ko‘rsatkichdan sezilarli darajada kam — o‘shanda hakkerlar 3,7 milliard dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir yil ichida bu turdagi yirik o‘g‘irliklar soni 2023 yil bilan taqqoslaganda 7,4 foizga oshib, 303 tani tashkil etgan.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, hakerlar tomonidan birinchi yarim yillikda o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori qariyb ikki barobarga (84 foizga) oshib, 1,6 milliard dollarga yetgan. Ammo ikkinchi yarim yillikda o‘g‘irlangan mablag‘lar soni sezilarli darajada kamaygan.

Chainalysis Shimoliy Koreya hakerlarining faolligi oshganini qayd etmoqda: tahliliy kompaniyaning baholashicha, ular 47 ta hujum natijasida 1,3 milliard dollar o‘g‘irlagan (102 foizli o‘sish). Yil davomida o‘g‘irlangan barcha kriptovalyutalarning 61 foizi aynan ushbu mamlakat hakerlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Noyabr oxirlarida hakerlar Uganda Markaziy bankidan 16,8 million dollar o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lgandi. Janubi-sharqiy Osiyodan bo‘lgan hakerlar guruhi qo‘lga kiritilgan mablag‘larning bir qismini Yaponiyaga o‘tkazgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyalik hakerlar joriy yilda 1,3 mlrd dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi