23:51 / 20.12.2024
6

Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi

Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
Foto: Reuters
Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab AQSHdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, bu turdagi nosozlik Model 3, Model Y va Cybertruck'larda kuzatilgan. Tesla ushbu muammoni dasturiy ta’minotni yangilash yordamida hal etishini ma’lum qildi.

Shinadagi bozimni nazorat qilish tizimi datchigi g‘ildiraklardagi past bosim haqida signal bermay qo‘yishi mumkin, bu esa avariyalar xavfini oshiradi — haydovchi shinadagi bosim yetarli emasligini bilmasligi mumkin.

Tesla bundan oldin ham avtomobillarini chaqirib olishini e’lon qilgandi. Noyabr oyida Amerika kompaniyasi 2,4 mingdan ziyod Cybertruck pikaplarini chaqirib olishi aytilgan edi. Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqishdagi ogohlantirish tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQSHda 125 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini chaqirib olishi aytilgan edi. Ushbu mashinalarning gaz tepkisi detali almashtirilishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi