Foto: EyePress News/REX/Shutterstock
Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR Rossiya—Ukraina urushida 1100 nafar harbiysidan ayrilganini ma’lum qildi, deb yozadi Yonhap agentligi.
Qayd etilishicha, KXDR Rossiya armiyasini urushda qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatga qo‘shimcha harbiy texnika va qo‘shin yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
«Har tomonlama o‘rganib chiqilgan ko‘plab razvedka ma’lumotlari Shimoliy Koreya Rossiyadagi qo‘shinlari sonini oshirishga yoki rotatsiya qilishga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda», — deyiladi Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi bayonotida.
Bundan tashqari Seul ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga zarba beruvchi dronlarni yetkazib berishi mumkin. Harbiylarning qayd etishicha, KXDR dronlar ishlab chiqarishga kirishgani to‘g‘risida «ayrim belgilar mavjud» — bu haqda ilk bor noyabr oyida ma’lum bo‘lgan.
Janubiy Koreya, AQSH va Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hukumati Rossiyaga shu paytgacha 10-12 ming harbiysini yuborgan.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanadigan Shimoliy Koreya askarlariga ularning frontda borligini yashirish uchun soxta guvohnomalar berayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari ruslar «jang maydonidagi yo‘qotishlarini yashirish va xorijiy kuch mavjudligini yashirish» uchun bunday choralarga murojaat qilmoqda, deb hisoblamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Tramp: AQSH hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi