Foto: Facebook
AQSH elchixonasi Qirg‘izistondagi ba’zi ommaviy axborot vositalarini moliyalashtirishda ayblanganiga munosabat bildirdi.
Elchixona bayonotiga ko‘ra, fuqarolar so‘roviga samarali javob beradigan va korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan hokimiyat organlari uchun mustaqil ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyatga ega. AQSH faktcheking bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtiradi, qirg‘iz tilidagi jurnalistikani qo‘llab-quvvatlaydi. Tergov o‘tkazayotgan va korrupsiya faktlarini fosh qilayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga esa yordam beradi.
"AQSH elchixonasi hukumat va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali qirg‘izistonliklarni qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy yordam ko‘rsatayotgani bilan faxrlanadi. Biz yordam dasturlarimizni Qirg‘iziston hukumati bilan hamkorlikda amalga oshirmoqdamiz", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xalq qurultoyida so‘zga chiqqan prezident Sadir Japarov ba’zi ommaviy axborot vositalarini tanqid qilib, ularda so‘z erkinligi yo‘qligini, “chunki ular o‘z xorijiy xo‘jayinlariga to‘liq bo‘ysunishini” aytgandi. Prezident, shuningdek, xorijdan olingan mass-media summalarini ham ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin