Foto: Tengrinews
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon havo yo‘llari samolyotining Aqtauda qulashi sabablari noma’lumligini, shu bilan birga aviahalokat bo‘yicha turli taxminlar mavjudligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari haqida gapirishga hali erta, masalani to‘liq tekshirish kerak. Aliyev, shuningdek, Ozarbayjon Bosh prokuraturasi aviahalokat yuzasidan jinoiy ish ochganini aytdi.
“Menga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Boku—Grozniy yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan AZAL samolyoti ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘nish vaqtida avariya sodir bo‘lgan Aqtou aeroporti tomon harakatlana boshlagan”, dedi Aliyev favqulodda yig‘ilish chog‘ida.
Foto: Reuters
Qozog‘istondagi aviahalokatga oid so‘nggi ma’lumotlar
Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida qulab tushdi. Samolyot Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, bortida 69 kishi, jumladan, 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokatda 32 kishi, jumladan, bir nafar ekipaj a’zosi omon qolgan. Ularga zarur tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda. 12 kishining ahvoli og‘ir ekani aytilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev samolyot halokatini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishni buyurgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev aviafojia munosabati bilan Rossiyadagi MDH sammitiga qatnashmay, Bokuga qaytgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyot halokatga uchragani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik yo‘lladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi