09:48 / 26.12.2024
204

Xonanda va aktrisa Jennifer Lopes goʻzalligini saqlab qolish "sirini" oshkor qildi...

Хонанда ва актриса Женнифер Лопес гўзаллигини сақлаб қолиш "сирини" ошкор қилди...
Xonanda va aktrisa Jennifer Lopes 55 yoshda ham maftunkor koʻrinishi bilan doimo muxlislarni lol qoldirib kelgan. Garchi bu koʻrinish genetika yoki plastik jarrohlik natijasi boʻlib tuyulishi mumkin boʻlsa-da, aslida Lopes qat'iy parhez, intensiv mashgʻulotlar va tartibli uyqu jadvalini goʻzallik sirlari deb ataydi.

Foto: Marie Claire
Ayniqsa, ertalab iste'mol qilinadigan taom xonanda uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Lopesning shaxsiy oshpazi Kelvin Fernandesning soʻzlariga qaraganda, u faqat muayyan mahsulotlardan tayyorlangan eguliklarni iste'mol qiladi.

Amerikalik trener Treysi Anderson Gollivudning bir nechta mashhur yulduzlari, jumladan Jey Lo bilan ham ishlaydi. Jurnalistlarga bergan intervyusida trener Lopesning kundalik ratsioni haqida qisqacha soʻzlab berdi. Ma'lum boʻlishicha, Jey Lo nonushta uchun faqatgina tabiiy etishtirilgan va yangi uzilgan meva va sabzavotlarni iste'mol qiladi.

Ekspert soʻzlariga koʻra, Jennifer iste'mol qiladigan barcha taomlar organik sabzavotlardan tayyorlanishi, parhez balansiga qat'iyat e'tibor berilgan tarzda tuzilishi hamda koʻplab foydali xususiyatlarga ega boʻlishi shart.

Foto: Marie Claire
Trener qoʻshimcha qilishicha, Jennifer nonushtaga avokado, qaynatilgan tuxum, granola va rezavorli tostlarni iste'mol qilishni yaxshi koʻradi. Avokado foydali yogʻlar va oʻsimlik tolalariga boy mahsulot hisoblanadi. Unda koʻplab vitamin va minerallar, jumladan magniy, B6, C, E vitaminlari va foliy kislotasi mavjud.

Lopes shirinliklar va qayta ishlangan mahsulotlardan voz kechishdan tashqari, kuniga kamida etti stakan suv ichadi. Suv organizmni ichkaridan namlantirishga yordam beradi, ya'ni u tashqi tomondan ham namlikni saqlaydi hamda toʻqlik hissini nazorat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo