
Foto: AKIpress
Qirgʻiziston parlamenti diniy qonunchilikni kuchaytiruvchi hujjat loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Qonunga kiritilayotgan tuzatishlar fuqaroning shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan kiyim kiyganlik uchun jarima solishni nazarda tutadi, deb yozadi AKIpress.
Qonun loyihasida diniy asosda siyosiy partiyalar tashkil etish va ularning diniy faoliyatda ishtirok etishi ham taqiqlanadi.
Qonun loyihasiga koʻra, davlat muassasalarida yoki jamoat joylarida oʻz shaxsini yashiruvchi kiyim kiyganlik uchun 20 ming som miqdorida jarima nazarda tutilgan. Istisnolar mehnat faoliyati va tibbiy koʻrsatkichlar bilan bogʻliq holatlarda qoʻllaniladi. Diniy obidalarda saylovoldi tashviqotlari, yigʻilishlar va boshqa siyosiy tusdagi tadbirlar oʻtkazganlik uchun ham jismoniy shaxslarga ham shunday jarima belgilandi. Yuridik shaxslar uchun jarimalar 65 ming somni tashkil qiladi.
Qonun loyihasida, shuningdek, ayrim jamoat joylarida, jumladan, maktabgacha ta'lim va umumta'lim muassasalarida, shuningdek, turar joy binolariga borganida diniy adabiyotlarning tarqatilishiga qarshi choralar koʻrish nazarda tutilgan.
Diniy asosda kamsitish uchun jismoniy shaxslar uchun 20 ming som, yuridik shaxslar uchun 65 ming som miqdorida jarima solinadi. Hujjat Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovga imzolash uchun yuborildi.
Avvalroq Sadir Japarov Evroparlament a'zolarini mamlakat ishlariga aralashmaslikka va unda sodir boʻlayotgan voqealarga xolis baho berishga chaqirgandi.

Foto: Report.az
“Biz mustaqil davlatmiz, shuning uchun jarayonlarimizga aralashishning hojati yoʻq”, dedi u.
Bir necha kun avval Evroparlament Qirgʻiziston sotsial-demokratik partiyasi (SDP) etakchisi Temirlan Sultonbekovni qoʻllab-quvvatlab chiqqandi. U mahalliy saylovlar oldidan saylovchilarga pora berganlikda gumonlanib, ikki partiyadoshi bilan birga hibsga olingan. Shundan soʻng Sotsial-demokratik partiya saylovda ishtirok etishdan chetlatilgan.
Sadir Japarovning soʻzlariga koʻra, SDP a'zolarining qilmishlari jinoyat boʻlib, ularni kechirib boʻlmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar