Foto: Telegram
Ukraina qoʻshinlari Kursk viloyatida shimoliy koreyalik harbiyni asirga oldi. Ma'lumotni Janubiy Koreya razvedka xizmati tasdiqladi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
“Doʻst mamlakatning razvedka tashkiloti bilan real vaqt rejimida ma'lumot almashish orqali biz yaralangan Shimoliy Koreya askarining qoʻlga olinganini tasdiqladik. Vaziyatning keyingi rivojlanishini sinchkovlik bilan oʻrganish niyatidamiz”, deyiladi Koreya razvedkasi bayonotida.
26 dekabr kuni Ukraina jangchilari urushga jalb qilingan birinchi Shimoliy Koreya askarini qoʻlga olgani haqida ma'lumot paydo boʻldi. Shuningdek, voqea joyidan olingan fotosuratlar ham e'lon qilindi. Asir olingan askar yaralangani aytilgan, ammo uning ahvoli boʻyicha boshqa tafsilotlar mavjud emas.
Foto: t.me/the_warshal18
Ukraina ommaviy axborot vositalari Kursk yoʻnalishidagi operatsiya muvaffaqiyatli boʻlganini xabar qildi. Harbiylar nafaqat jangovar vazifani bajargani, balki zirhli transportyor va asirni ham qoʻlga kiritgani ta'kidlangan.
KXDRdan Ukrainadagi urushga yuborilgan askarlar
Janubiy Koreya va AQShning hisob-kitoblariga koʻra, Rossiyaga 10 mingdan ortiq askar yuborilgan. Ulardan ba'zilari allaqachon Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushga yuborilgan Shimoliy Koreya askarlari soni 100 mingga etishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Seul ma'lumotlariga koʻra, KXDR Rossiyaga ogʻir artilleriya – oʻziyurar gaubitsalar va koʻplab raketa tizimlarini ham etkazib beradi. Rossiya va Shimoliy Koreya Ukrainaga hujum boshlanganidan keyin harbiy sohadagi hamkorlikni kuchaytira boshladi. 2024 yil iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurib, Kim Chen In bilan hujum sodir boʻlgan taqdirda bir-birini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi, shuningdek, Gʻarb sanktsiyalariga qarshi hamkorlikni oʻz ichiga olgan keng qamrovli strategik shartnoma imzolagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
100 nafar falastinlik vaqtincha Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Putin MDH etakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?