
Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) Oqtauda halokatga uchragan Ozarbayjoning «Embraer 190» yoʻlovchi samolyoti halokati yuzasidan munosabat bildirdi.
Agentlikning ta'kidlashicha, AZAL samolyoti halokatga uchragan soatlarda Grozniy aeroportida juda quyuq tuman boʻlgan va havo kemasi qoʻmondoni uni ikki marta qoʻndirishga urinib koʻrgan. Ayni paytda u erda Ukraina dronlarining hujumlari tufayli «Kavyor» amaliyoti e'lon qilingan boʻlgan.
Qayd etilishicha, samolyot qoʻmondoniga Rossiyaning boshqa aeroportlariga qoʻndirish taklif qilingan, biroq u Aqtauga uchib ketishga qaror qilgan.
«Rossiya tomoni Qozogʻistonni Oqtau yaqinida halokatga uchragan samolyot halokatini tekshirishda hamkorlik qilishga tayyorligi haqida ma'lum qildi», – dedi Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov.
Ma'lumot uchun, bir muddat oldin qator Ozarbayjon havo yoʻllari «Embraer 190» yoʻlovchi samolyotining «tashqi aralashuv natijasida halokatga uchrashi yuzasidan tergovning dastlabki natijalarini hamda boshqa xavflarni hisobga olgan holda» 2024 yil 28 dekabrdan boshlab Rossiyaning Mineralnie Vodi, Sochi, Volgograd, Ufa, Samara, Grozniy va Maxachqal'a shaharlariga parvozlarini toʻxtatganini e'lon qildi.
Eslatib oʻtamiz, bir muddat oldin ozarbayjonlik deputat Rasim Musabekov, Rossiya tomoni Ozarbayjon fuqaro samolyotiga havo hujumidan mudofaa vositalari bilan qilingan hujum uchun uzr soʻrashi kerakligini bildirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!