date

Yakutiyada An-2 samolyoti nosoz dvigatel sabab favqulodda qo'nishga majbur bo'ldi

Yakutiyada An-2 samolyoti nosoz dvigatel sabab favqulodda qo'nishga majbur bo'ldi

Yakutiyada An-2 samolyoti dvigatelidagi nosozlik sabab favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Sharqiy mintaqalararo transport tergov boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan hududda patrullik parvozini amalga oshirayotgan edi. Parvoz vaqtida dvigatelda muammo yuzaga kelgani sabab uchuvchi aerodromga qaytishga qaror qilgan.

Biroq oradan ko‘p o‘tmay samolyot bilan aloqa uzilgan. Keyinchalik ekipaj favqulodda qo‘nishdan so‘ng o‘z koordinatalarini ma’lum qilgan. Yo‘lovchilar esa yaqin atrofdagi qishloq tomon yo‘l olgan.

Qo‘nishdan keyin samolyotda yong‘in chiqqani xabar qilindi. Hozirda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yakutiyada An-2 samolyoti nosoz dvigatel sabab favqulodda qo'nishga majbur bo'ldi