13
Ukraina Qurolli kuchlari 2025 yilda Kursk oblastida qoʻlga kiritgan hududlarini yoʻqotishi mumkin
Foto: Yan Dobronosov/AFP
Ukraina bir necha oy ichida Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida qoʻlga kiritgan hududlarini yoʻqotishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg 27 dekabr, juma kuni ismini oshkor qilishni istamagan bir necha AQSh rasmiylariga tayanib. Nashrning eslatishicha, Ukraina Qurolli kuchlari shu yilning yozida bosib olgan hududning yarmi ustidan nazoratni allaqachon yoʻqotgan. Uning suhbatdoshlari bu Kievning Rossiya bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha ehtimoliy muzokaralardagi pozitsiyasini zaiflashtirishi mumkinligidan xavotirda.
Bloomberg manbalariga koʻra, bunga Ukraina Qurolli kuchlari saflarida askarlarning etishmasligi hamda AQSh va boshqa ittifoqchilardan kelajakda qurol-yarogʻ etkazib berilishi borasidagi noaniqlik sabab boʻlgan. Shuning uchun ukrainalik harbiylar Kursk oblastidagi hududni bahorgacha ushlab turishi mumkin, keyin esa chekinishga majbur boʻladi yoki qurshab olinish xavfi tugʻiladi. Ikki suhbatdosh Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ogʻir yoʻqotishlarga yoʻl qoʻymaslik uchun mintaqadan oʻz vaqtida chekinishga buyruq berishiga umid bildirdi.
NYT: KXDR qoʻshinlarini Rossiyaga yuborish gʻoyasi Pxenyandan chiqqan
Shimoliy Koreya qoʻshinlarini Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga yuborish gʻoyasi Moskvadan emas, Pxenyandan chiqqan, deb yozadi The New York Times (NYT) 23 dekabr kuni oʻz manbalariga tayanib. Uning soʻzlariga koʻra, bu tashabbus Moskva va Pxenyan oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan soʻng darhol paydo boʻlmagan. «AQSh razvedka idoralari bu Rossiyaning emas, Shimoliy Koreyaning gʻoyasi degan xulosaga keldi, garchi prezident Vladimir Putin buni tezda qabul qilgan boʻlsada», deb yozadi NYT.
Biroq, materialda ta'kidlanganidek, Shimoliy Koreya «yordam» evaziga «darhol hech narsa olmadi» va uning rahbari Kim Chen In hozirda Moskvadan kelajakda — texnologiya, diplomatik yordam koʻrinishida minnatdorchilikka umid qilmoqda. Bu Gʻarb bilan qarama-qarshilik va inqirozli vaziyatlarda RFning boshqa harakatlarini ham nazarda tutadi, deydi manbalar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana qoʻshin joʻnatishga tayyorlanmoqda
100 nafar falastinlik vaqtincha Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Abbosbek Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?