date
views 190

BAAda ham samolyot qulab tushdi, qurbonlar bor

BAAda ham samolyot qulab tushdi, qurbonlar bor
Illyustrativ foto: Khaleej Times
Birlashgan Arab Amirliklarida Jazirah Aviation Club aviakompaniyasiga tegishli engil motorli samolyot dengizga qulab tushdi. Bu haqda Khaleej Times sayti xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, aviahalokat oqibatida uchuvchi va hamrohi halok boʻlgan. Marhumlar orasida BAAda tugʻilib oʻsgan 26 yoshli hind shifokori Sulaymon al Majid bor. Uning otasi Majid Mukarramga koʻra, halokat Sove Rotana mehmonxonasi yaqinida soat 14:00 da parvozdan koʻp oʻtmay sodir boʻlgan. Aviahalokatda 29 yoshli pokistonlik ayol uchuvchi ham hayotdan koʻz yumgan.

Ishchi guruhlar va tegishli organlar halokat sabablarini aniqlash boʻyicha tergovni davom ettirmoqda. BAA fuqaro aviatsiya xizmati qurbonlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda ham samolyot qulab tushdi, qurbonlar bor