
Foto: AP Photo
Rossiya tomoni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha takliflariga rozi emas. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov xabar berdi.
Lavrovning tushuntirishicha, gap jangovar harakatlarni toʻxtatish, Ukrainaning NATOga a'zo boʻlishini kechiktirish va mamlakatga tinchlikparvar kontingentlarni kiritish rejalari haqida ketmoqda.
"Biz, albatta, saylangan prezident jamoasi vakillari nomidan Ukrainaning NATOga a'zoligini 20 yilga kechiktirish, shuningdek, Ukrainaga Britaniya va Evropa kuchlaridan iborat tinchlikparvar kontingentini kiritish haqidagi takliflardan qoniqmaymiz", dedi vazir.
U 20 yanvar Trampning inauguratsiyasiga qadar AQSh siyosatini amaldagi prezident Jo Bayden belgilashi, faqat uning administratsiyasi Rossiya bilan aloqa oʻrnatish vakolatiga egaligini bildirdi. Lavrov bunday aloqalar vaqti-vaqti bilan boʻlib turishi, ammo ularda Ukraina boʻyicha muzokaralar haqida gap ketmasligini aytdi.
♦ Ukraina shartlari
Ukraina qoʻshinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u erda oʻtkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.
♦ Rossiya shartlari
Putin oʻt ochishni toʻxtatish uchun oʻz shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qoʻshinlari oʻzini oʻzi mustaqil deb e'lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu toʻrtta hudud va Qrim goʻyoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a'zolikdan voz kechishi va sanktsiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib boʻlmaydigan” ultimatum deb atadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar