11:17 / 02.01.2025
55

Chernogoriyada sodir etilgan otishmada kamida 10 kishi halok boʻldi

Chernogoriyada sodir etilgan otishmada kamida 10 kishi halok boʻldi
Foto: AP /Risto Bozovic
Chernogoriyaning Tsetine shahrining tarixiy markazida 1 yanvar, chorshanba kuni erkak kishi barda oʻt ochdi, soʻng koʻchaga chiqib, oʻtkinchilarga qarata oʻq otishni boshladi. Natijada kamida 10 kishi halok boʻldi, dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Danilo Saranovich. Uning soʻzlariga koʻra, oʻldirilgan ikki kishi muassasa egasining farzandlari boʻlgan. Bundan tashqari, bir necha kishi jarohatlangan.

Vijesti TV telekanaliga koʻra, otishma oldidan barda mushtlashuv boʻlgan. Politsiyaning fikricha, otishmaga mafiya oʻrtasidagi oʻzaro toʻqnashuv emas, balki oddiy maishiy mojaro sabab boʻlgan, deb xabar beradi dpa agentligi. Otishma uyushtirgan shaxs qochgan va «Ichki ishlar vazirligining barcha kuchlari uni qoʻlga olish uchun safarbar qilindi», dedi Saranovich jurnalistlarga.

IIV rahbari: Hujum qilgan shaxs halok boʻldi

Keyinroq ichki ishlar vaziri hujum qilgan shaxs shahar markazidagi uyi yonida oʻz joniga qasd qilishga uringanini aytdi. 45 yoshli erkak olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi, deya qoʻshimcha qildi Saranovich.

Chernogoriya hukumati favqulodda yigʻilishida 2, 3 va 4 yanvar kunlarini motam kunlari deb e'lon qilishga qaror qildi. Bosh vazir Miloyko Spaich tibbiyot markazidan televideniye orqali jonli efirda chiqish qilib, voqeani «dahshatli fojia» deb atadi.

Dpa agentligining ta'kidlashicha, Chernogoriya va boshqa Bolqon mamlakatlarida koʻpchilik oʻqotar qurollarga litsenziyasiz egalik qiladi.

Tsetine — Chernogoriyaning qadimiy poytaxti, shahar aholisi taxminan 14 ming kishi. 2022 yil avgust oyida qurollangan shaxs u erda oʻn kishini otib oʻldirgan, keyin oʻzi qurolli oʻtkinchi tomonidan oʻldirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo