date
views 195

Donald Tramp: AQSh butun dunyo uchun masxara ob'ektiga aylandi

Donald Tramp: AQSh butun dunyo uchun masxara ob'ektiga aylandi
Foto: Getty Images
AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakat ochiq chegaralar va yomon rahbarlik tufayli dunyoning kulgusiga qolganini aytdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda mamlakatdagi soʻnggi terrorchilik xurujlariga izoh berib yozdi.

Tramp Demokratik partiya va amaldagi ma'muriyatni tanqid qildi. «Mamlakatimiz halokatli ahvolda, butun dunyoda bizni masxara qilyapti. Bu ochiq chegaralar va deyarli yoʻq rahbarlikning mantiqiy oqibatidir», dedi u.

Uning qoʻshimcha qilishicha, demokratlar bunday voqealar sodir boʻlishiga yoʻl qoʻygani uchun uyatni his qilishi kerak.

Tramp prezident Jo Baydenni mamlakat xavfsizligini ta'minlay olmayotganlikda aybladi.

2025 yilning ilk soatlarida Nyu-Orleanning Burbon koʻchasida mashina olomon ustiga haydaldi, oqibatda 15 kishi halok boʻldi, 35 kishi jarohatlandi. Hujum qilgan shaxs, Texas shtati sobiq harbiysi, 42 yoshli Shamsuddin Jabbor politsiya tomonidan hodisa joyida otib oʻldirildi.

Shu kuni Las-Vegasdagi Trump International mehmonxonasi yaqinida Tesla avtomobili portladi, oqibatda bir kishi halok boʻldi, etti kishi yaralandi.

Tesla egasi Ilon Mask avtomobilda qandaydir nosozlik boʻlganini rad qildi va Nyu-Orleandagi hujum bilan bu hodisa oʻrtasida ehtimoliy bogʻliqlik borligini aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: AQSh butun dunyo uchun masxara ob'ektiga aylandi