Vladimir Lisin / Foto: Bloomberg
25 nafar rossiyalik dunyoning eng boy 500 kishisi reytingiga kiritildi va ular bir yil davomida boyligini 18,5 milliard dollarga oshirdi.
Bloomberg Billionaires Index (BBI) hisob-kitoblariga koʻra, NLMK poʻlat quyish kompaniyasi benefitsiari Vladimir Lisin bir yil ichida eng koʻp daromad oldi, uning boyligi 5 milliard dollardan oshgan.
BBI ma'lumotlari milliarderlarga tegishli kompaniyalarning aktsiyalari narxiga asoslanadi. Ushbu reyting dunyodagi eng badavlat 500 kishini, shu jumladan 25 nafar rossiyalikni ifodalaydi. Ushbu 25 nafar rossiyalik milliarderning umumiy boyligi, BBI hisob-kitoblariga koʻra, yil boshida 347,62 milliard dollarni tashkil qilgan.
Rossiyalik milliarderlar reytingida birinchi oʻrinni (va global reytingda 54-oʻrinni) «Nornikel» aktsiyadori Vladimir Potanin egalladi - uning boyligi oʻtgan yili 736 million dollarga koʻpayib, 31,8 milliard dollarga etdi.
Ikkinchi oʻrinda (global reytingda 62-oʻrin) 29 milliard dollar bilan Vladimir Lisin, uchinchi oʻrinda (global reytingda 71-oʻrin) esa LUKOYL egalaridan biri Vagit Alekperov, u yil davomida 2,59 milliard dollarga boyidi va davlati 27,2 milliard dollarga etdi.
Umuman olganda, dunyoning eng boy 500 kishisining boyligi bu yil 10 trillion dollardan oshdi. Hozirgi kunda eng badavlat uch kishi Ilon Mask (432 milliard dollar), Jeff Bezos (239 milliard dollar) va Mark Tsukerberg - (270 milliard dollar) boʻlib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Qishda terini qanday parvarish qilish kerak?
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Makron: “AQSh Rossiyani Ukraina boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga koʻndirishi kerak”
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi