09:30 / 03.01.2025
47

Qoʻriqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi

Qoʻriqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi
Foto: Kim Hong-Ji/REUTERS
Mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ishini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovchilar 3 yanvar, juma kuni ertalab Seuldagi qarorgohiga uni qoʻlga olish uchun etib keldi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Janubiy Koreyaning yuqori martabali hukumat amaldorlari uchun Jinoyat qidiruv xizmati (CIO) va politsiya xodimlari Yunning qarorgohiga mahalliy vaqt bilan 7.20 (Toshkent vaqti bilan 3.21) da etib kelishdi. Taxminan soat 8.00 da 50 kishidan iborat tergov guruhi qarorgoh hududiga kirdi, biroq harbiylar yoʻlni toʻsib qoʻyishdi. Toshkent vaqti bilan soat 5.54 lar atrofida tergovchilar harbiy xizmatchilarning ikki qatorini yorib oʻtishga muvaffaq boʻlishgani ma'lum boʻldi. Endi Yunning qoʻriqchilari ularni ichkariga kiritmayapti.

Yonhap agentligining xabar berishicha, politsiya prezident qarorgohi yaqinida tartibni saqlash uchun 45 ta maxsus boʻlinma va 2700 nafar xodimni joylashtirgan. Uning yonida Yunning 1,2 ming tarafdori yigʻilib, «prezidentni himoya qilish» va «impichmentni bekor qilish»ga chaqirishdi. Ulardan ba'zilari politsiya bilan toʻqnashgan.

Sud Yun Sok Yolni hibsga olish uchun qarorni tasdiqladi

Seul gʻarbiy okrug sudi 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etish toʻgʻrisidagi qarori tufayli hokimiyatdan chetlatilgan Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderini ma'qulladi. Bu haqda 31 dekabr kuni tergov idoralari va yuqori lavozimli amaldorlar oʻrtasidagi korruptsiyani tergov qilish departamentiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Yonhap agentligining aniqlik kiritishicha, mamlakat konstitutsiyaviy tarixida birinchi marta amaldagi davlat rahbarini hibsga olish uchun order berilgan. Agentlik ma'lumotlariga koʻra, tintuv uchun order ham taqdim etilgan. Yaqin kunlarda prokuratura hibsga olish haqidagi buyruqni, jumladan, prezident qarorgohida ham bajarishga kirishishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo