Qozogʻiston prezidenti davlatni parlament boshqarishiga munosabat bildirdi

Qozogʻiston prezidenti davlatni parlament boshqarishiga munosabat bildirdi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev «Ana tili» gazetasiga intervyu berdi. Jurnalist prezidentdan Qozogʻiston davlat boshqaruvining parlament tizimiga oʻtishi qanchalik hayotga yaqin, deb soʻradi.

Toʻqayevning aytishicha, davlatni boshqarishning parlament tizimi, albatta, yashashga haqli, biroq u sobiq ittifoq mamlakatlariga hozircha naf keltirgan emas.
Qozogʻiston prezidenti davlatni parlament boshqarishiga munosabat bildirdi
Foto: Akorda.kz
«Gruziyadagi soʻnggi voqealar ushbu xulosamga yaqqol misol. Davlat boshqaruvining siyosiy tizimini tanlash oʻta mas'uliyatli, kabinetda oʻtirib emas, faqat umumxalq referendumi yoʻli bilan qabul qilinadigan qaror. Mening «Kuchli PrezidentNufuzli Parlament – Hisobdor Hukumat» kontseptsiyam Qozogʻiston siyosiy tizimi uchun eng maqbul echim ekaniga ishonchim komil. Biroq uni hayotga toʻlaqonli tatbiq etish uchun biz hali koʻp ter toʻkishimiz kerak. Boshqaruvning prezidentlik shakli hozir va yaqin kelajakda Qozogʻiston uchun eng yaxshisi ekaniga ishonaman», — dedi Toʻqayev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar