Foto: EPA
AQSh prezidenti Jo Baydenning oilasi 2023 yilda xorijlik etakchilardan oʻn minglab dollarlik sovgʻalar qabul qilib oldi. Bu haqda Davlat departamenti tomonidan e'lon qilingan yillik moliyaviy hisobotda soʻz boradi.
Sovgʻalar orasida Janubiy Koreyaning yaqinda impichment e'lon qilingan prezidenti Yun Sok Yol topshirgan 7,1 ming dollarlik esdalik fotoalbomi, Moʻgʻuliston bosh vaziri bergan 3495 dollar turadigan moʻgʻul jangchisining haykalchasi ham bor. Shuningdek, AQSh prezidentining rafiqasi Jill Bayden Ukrainaning Qoʻshma Shtatlardagi elchisidan 14 ming dollarlik toʻgʻnogʻichni qabul qilib olgan.
Ukraina etakchisi Volodimir Zelenskiy esa oʻz navbatida prezident oilasiga 2,4 ming dollarga baholangan kollajni sovgʻa qilgan.
AQShning birinchi xonimi eng qimmat sovgʻani Hindiston bosh vaziri Narendra Modidan qabul qilib olgan: qiymati 20 ming dollarga etadigan 7,5 qirotli brilliant. Ushbu qimmatbaho buyum Oq uyning sharqiy qanotida qolgan: prezident oilalari qimmatli sovgʻalarni har doim boʻlmasa-da, koʻpincha Milliy arxivga topshiradi — ushbu buyumlar u erda namoyishga qoʻyiladi.
Federal qonunga koʻra, amerikalik amaldorlar qiymati 480 dollardan oshadigan olgan barcha sovgʻalari toʻgʻrisida hisobot berishlari kerak. Shu bilan birga, sovgʻani olgan insonda uni hukumatdan bozor narxida sotib olish imkoniyati mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaponiyada tunes baligʻi 1,3 mln dollarga sotildi
Damashq aeroporti xalqaro reyslar uchun ochiladi
“Manchester Siti”: Abduqodir Husanov uchun “Lans” soʻragan pulni beramiz
Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi
Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Oqilona iste'mol qilish sirlari...
Tahlil: Abduqodir Husanov Fransiya va Angliya himoya “qirollari”dan zoʻr boʻlib chiqdi!