08:15 / 04.01.2025
9

Olimlar buyrakni yogʻ bosishi saratonga olib kelishini aniqladi

Olimlar buyrakni yogʻ bosishi saratonga olib kelishini aniqladi
Kaliforniya universiteti tibbiyot maktabi olimlari buyrakda yogʻ toʻplanishi DNKga zarar etishiga va saratonning keng tarqalgan shakli — gepatotsellyulyar kartsinomaning (GSK) rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Science Daily jurnalida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, oxirgi 20 yilda GSKga chalinish holatlari 25-30 foizga oshgan. Saratonning ushbu turi tarqalishiga asosiy sabab buyrakda yogʻ toʻplanishidir — hozirda katta yoshli amerikaliklarning 25 foizi bundan aziyat chekadi. Ularning qariyb 20 foizida metabolik disfunktsiya (MASH) bilan bogʻliq kasallikning ogʻir shakli mavjud.

Olimlarning soʻzlariga koʻra, buyrakdagi yogʻ kasalligining MASH va buyrak saratoniga aylanishi — bu oxiri oʻlim bilan tugaydigan holatdir. Shu bilan birga, ushbu jarayon molekulyar darajada kechadi.

Olimlar oʻz tadqiqotlarini sichqonlar va inson toʻqimalari namunalari ustida oʻtkazgan. Ular yogʻ va shakarga boy mahsulotlar MASH’ning rivojlanishiga xizmat qilishi, keyinchalik u buyrak hujayralaridagi DNKga ta'sir koʻrsatishini aniqladi.

Natijada hujayralar erta qariydi, boʻlinish qobiliyatini yoʻqotgan holda metabolik faol boʻlib qoladi.

Olimlarning tushuntirishicha, qarish — bu hujayralar stressisga normal javobdir, u organizmga zarar etgan toʻqimalarni qayta tiklanishi uchun vaqt beradi va shikastlangan hujayralarga bosimning oldini oladi. Ammo gepatotsit deb ataluvchi buyrak hujayralarida ushbu jarayon buziladi. Ba'zi zararlangan gepatotsitlar esa saraton rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar buyrakni yogʻ bosishi saratonga olib kelishini aniqladi