09:08 / 05.01.2025
55

Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi

Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi
Foto: Getty Images
Ispaniya 2025 yil apreldan boshlab «oltin vizalar» — investitsiya evaziga chet el fuqarolariga mamlakatda yashash ruxsatnomasini berish tartibini bekor qiladi.

Ta'kidlanishicha, yangi oʻzgartirishlar kuchga kirgunga qadar viza uchun ariza bergan investorlar yoki ularning qarindoshlari mamlakatda yashash uchun ruxsatnomani «ariza berilgan kundagi qoidalarga muvofiq» olishlari mumkin.

«Oltin vizalar» dasturi EI tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarolariga investitsiya kiritish, birinchi navbatda koʻchmas mulk xarid qilish orqali yashash huquqini olish imkonini beradi. Ispaniyada eng keng tarqalgan variant — kamida 500 ming evrolik koʻchmas mulk sotib olishdir. Boshqa variantlar — Ispaniya kompaniyalari aktsiyalariga 1 million evro yoki davlat qimmatli qogʻozlariga 2 million evro sarmoya kiritish.

Ma'lumotlarga koʻra, 2023 yil davomida rossiyaliklar Ispaniyada 2,7 mingdan ortiq koʻchmas mulk obketlarini xarid qilgan — bu 2014 yildan beri qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichdir.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil noyabr oyida Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qoʻygandi. «Oltin» pasport Kipr iqtisodiyotiga sarmoya kiritganlarga berilar edi. Oʻz vatanida korruptsiya, fitna, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, oʻzlashtirish, firibgarlik va pul yuvish, jinoiy tashkilotda ishtirok etish va noqonuniy qimor oʻyinlari bilan bogʻliq operatsiyalarda ayblanganlar bu pasportdan mahrum etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi