Foto: 95th Air Assault Brigade/via REUTERS
Ukraina qurolli kuchlari (UQK) Rossiyaning Kursk oblastida hujumga oʻtdi, bu haqda 5 yanvar, yakshanba kuni bir qator Telegram-kanallar va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko xabar berdi.
Bu xabarlarni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Ermak bilvosita tasdiqladi va shunday yozdi: «Kursk, yaxshi xabar, Rossiya oʻziga munosib boʻlgan narsaga erishmoqda».
Ma'lumotlarga koʻra, Ukraina qurolli kuchlarining zarbasi 2024 yil avgustidan beri Ukraina nazorati ostida boʻlgan Sudjadan Bolshoy Soldatskoye yoʻnalishida amalga oshirilmoqda. Bu Sudjaning shimoli-sharqida, Kursk yoʻnalishida joylashgan yana bir rayon markazi.
Ukraina Kursk oblastidagi qishloq va posyolkaga raketalar bilan hujum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari 2 yanvar kuni Rossiyaning Kursk oblasti Marino qishlogʻida Rossiya harbiylari qoʻmondonlik punktiga zarba berdi. «Ushbu hujumlar, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaning tinch aholisiga qarshi harakatlarni amalga oshirish qobiliyati va istagini zaiflashtirishga qaratilgan», — deya xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.
Bundan tashqari, Ukraina koʻngillilar armiyasi vakili Sergey Bratchukning ma'lumotlariga koʻra, Marino yaqinida joylashgan Ivanovskoye qishlogʻiga zarba berilgan. Uning soʻzlariga koʻra, u erda «Rossiya Federatsiyasining 810-dengiz piyoda askarlari brigadasi joylashgan». Oʻz navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi qoshidagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko zarba natijasida «Rossiya Federatsiyasining 810-brigadasida katta yoʻqotishlar yuz bergani» haqida gapirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning siyosiy yoʻli qanday kechgan?
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi