Apple Vision Pro‘da surat ichiga kirish imkonini beruvchi texnologiya namoyish etildi (video)

Dasturchi Apple Vision Pro qurilmasi uchun noodatiy texnologiyani namoyish etdi. U oddiy iPhone suratini uch o‘lchamli makonga aylantirib, foydalanuvchiga go‘yoki surat ichiga kirish va uning muhitini tomosha qilish imkonini beradi. Bu haqda TechTimes xabar berdi.
Namoyishda foydalanuvchi iPhone ekranidagi suratni barmoqlari bilan ushlab, o‘ziga tomon tortadi. So‘ng qo‘lini ochishi bilan suratdagi manzara virtual makonda paydo bo‘ladi. Natijada inson oddiy fotosuratni tomosha qilish o‘rniga, uning ichida turganday taassurotga ega bo‘ladi.
Loyihani Bihe Xi ismli dasturchi yaratgan. Unda Apple'ning ML-SHARP texnologiyasi yordamida suratdan uch o‘lchamli sahna hosil qilish, Gaussian Splatting grafik usuli va qo‘l harakatlarini kuzatish imkoniyatlaridan foydalanilgan. Ayrim qo‘shimcha obyektlar, jumladan, tasvirdagi barglar Tripo vositasi yordamida yaratilgan.
Ta’kidlash joizki, bu Apple tomonidan rasman taqdim etilgan yangi funksiya emas, balki mustaqil dasturchining tajriba loyihasidir. Shuningdek, suratni 3D muhitga aylantirish jarayoni oldindan amalga oshiriladi, ya’ni bu iPhone'dan Vision Pro‘ga surat yuborish vaqtida avtomatik bajarilmaydi.
Loyiha muallifi uni ochiq kodli shaklda taqdim etgan. Biroq undan foydalanish uchun maxsus texnik sozlashlar va Vision Pro qurilmasi talab etiladi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

























Izohlar0
…