Foto: “Day.az”
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oqtovdagi aviahalokatda halok boʻlgan ekipaj a'zolarining oila a'zolari va omon qolgan bort kuzatuvchilari bilan uchrashuvda ushbu fojia uchun Rossiya Federatsiyasi vakillari javobgar ekanini ma'lum qildi.
“Biz adolatni talab qilamiz, aybdorlarni jazolashni va toʻliq shaffoflikni, insoniy munosabatni kutamiz”, dedi Aliyev.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirda qora qutilar dekodlash jarayonida va yaqinda dastlabki natijalar ma'lum boʻladi.
“Men ishonch bilan ayta olamanki, halokatda, Ozarbayjon fuqarolari oʻlimida ayb Rossiya Federatsiyasi vakillarida. Yaqin kunlarda biz dastlabki natijani bilamiz va hamma narsa oʻz oʻrniga tushadi, yuz bergan fojianing toʻliq manzarasi oydinlashadi. Bu, albatta, ushbu fojiani toʻliq tergov qilish va aybdorlarni jazolash ishida muhim ahamiyat kasb etadi”, dedi Ozarbayjon prezidenti.
Avvalroq Braziliyada Oqtov yaqinida halokatga uchragan samolyotning qora qutilarini oʻrganish boshlangani xabar qilingan edi.
29 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjonlik hamkasbidan aviahalokat “Rossiya havo hududida yuz bergani uchun” uzr soʻradi. U qurbonlarning oilasiga hamdardlik, omon qolganlarga tezroq sogʻayib ketishni tiladi.
Qozogʻistondagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal'ada qoʻnishni rad etganidan keyin layner majburiy qoʻnishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.
Burun qismi toʻliq yongan, dum qismida esa omon qolganlar boʻlgan. Kamida 29 nafar tirik qolgan yoʻlovchi aynan shu qismda boʻlgan. Ular kasalxonaga olib ketilgan. Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Qulagan samolyot koʻzdan kechirilganda teshiklar aniqlangan. Shunga asoslanib, ayrim manbalar samolyotni Chechenistonga dron hujumini qaytargan havo hujumidan mudofaa tizimi oʻqqa tutgan boʻlishi mumkinligini yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)