![Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo iste'foga chiqishini e'lon qildi](/uploads/posts/2025-01/2491520.webp)
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumat inqirozi tufayli Liberal partiya etakchiligidan ketmoqda, deb xabar beradi Associated Press.
Vaziyatdan xabardor amaldorning soʻzlariga koʻra, 27 yanvardan faoliyatini qayta boshlashi kerak boʻlgan parlament ishi 24 martgacha toʻxtatiladi. Ushbu muddat Liberal partiya etakchiligi uchun «poyga oʻtkazish» imkonini beradi.
Asosiy uchta muxolifat partiya parlament qayta tiklanganda ishonchsizlik votumi orqali Liberal partiyani agʻdarib tashlashni rejalashtirgan edi.
«Faoliyatim davomida erishgan har bir muvaffaqiyatim oilamning qoʻllab-quvvatlovi va daldasi tufayli boʻldi. Kecha kechki ovqatda qarorim haqida farzandlarim bilan oʻrtoqlashdim, bugun esa sizlarga ma'lum qilmoqdaman: Liberal partiya rahbarligidan va partiyaga yangi etakchi saylanganidan keyin Kanada bosh vazirligidan ketmoqchiman», — dedi Tryudo.
Tryudo moliya vaziri Xristiya Friland kutilmaganda iste'foga chiqqanidan keyin etakchilik borasida muammolarga duch keldi. Mamlakatda kuchli ta'sir doiraga ega vazirlaridan biri boʻlgan Frilend Donald Trampning Kanada tovarlariga bojlar joriy qilish tahdidiga qanday chora koʻrish borasida Tryudo bilan kelishmovchilikka borgan.
Tryudo partiyasidan saylangan parlamentning bir qancha a'zolari ham uni iste'foga chiqishga chaqirgan. Oxirgi soʻrov natijalari Liberal partiya joriy yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarda qaqshatkich magʻlubiyatga uchrashini koʻrsatgan.
Jastin Tryudo 2015 yilda hokimiyatga kelgan edi. U ochiq immigratsiya platformasi, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va boylarga nisbatan soliqlarni oshirishni va'da qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin расм](/uploads/posts/2025-01/0f3fb3419f_2024-11-272021_11_25-bm1gujqz.webp)
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
![Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto) расм](/uploads/posts/2025-01/photo_2025-01-05_12-02-12203-gv4hqbxq.webp)
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
![Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi расм](/uploads/posts/2025-01/x-wpwt5mkbcdhr-fayhc5w6zvtkbcdee.webp)
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
![“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi расм](/uploads/posts/2025-01/20241215_010020_.webp)
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
![Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi расм](/uploads/posts/2025-01/2025-01-052018_01_58-mrlal2mw.webp)
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
![Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima? расм](/uploads/posts/2025-01/photo_2024-06-07_14-16-02-rbqnkoai.webp)
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
![Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi расм](/uploads/posts/2025-01/1584775129_08630721814_1920x0_80_0_0_9db89c4560d2acd7804ab1df73dce4ee.webp)
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
![Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video) расм](/uploads/posts/2025-01/b5afbd154f_snimok.webp)
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)