Foto: Senipa
Braziliya Oqtovda qulab tushgan Ozarbayjonning Embraer 190 samolyotining qora qutilarini rasshifrovka qilishni yakunladi. Bu haqda Globo xabar berdi.
Materialni braziliyalik uch nafar tergovchi, shuningdek, Ozarbayjon va Rossiya mutaxassislari tahlil qilgan. Barcha ma'lumotlar aviahalokatni tahlil qilish va tekshirish uchun mas'ul boʻlgan Qozogʻistonga yuborilgan. Ular aviatsiya halokati boʻyicha yakuniy hisobotda e'lon qilinishi kutilmoqda. Tekshiruv va uning yakuniy natijalarini e'lon qilish uchun Qozogʻiston javobgardir.
♦ Oqtovdagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal'ada qoʻnishni rad etganidan keyin layner majburiy qoʻnishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.
Burun qismi toʻliq yongan, dum qismida esa omon qolganlar boʻlgan. Kamida 29 nafar tirik qolgan yoʻlovchi aynan shu qismda boʻlgan. Ular kasalxonaga olib ketilgan. Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Qulagan samolyot koʻzdan kechirilganda teshiklar aniqlangan. Shunga asoslanib, ayrim manbalar samolyotni Chechenistonga dron hujumini qaytargan havo hujumidan mudofaa tizimi oʻqqa tutgan boʻlishi mumkinligini yozgan.
♦ Ozarbayjon prezidenti aviahalokat sabablari haqida
Ilhom Aliyev yakuniy versiya qora qutilar ochilgandan soʻng ma'lum boʻlishini aytgandi. Ammo dastlabki taxminlar ham etarli darajada va faktlarga asoslanganini bildirgan.
“Faktlar shundan iboratki, Ozarbayjon fuqarolik samolyoti Rossiya hududida, Grozniy shahri yaqinida tashqi ta'sir oqibatida shikastlangan va deyarli boshqaruvni yoʻqotgan. Shuningdek, bizning samolyotimiz radioelektron kurash vositalari yordamida boshqarib boʻlmaydigan holatga tushirilganini ham bilamiz. Bu samolyotga etkazilgan birinchi zarar hisoblanadi”, degan u Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida.
Kuni kecha Aliyev yangi bayonot berib, ayb Rossiya vakillarida ekanini ta'kidladi.
“Men ishonch bilan ayta olamanki, halokatda, Ozarbayjon fuqarolari oʻlimida ayb Rossiya Federatsiyasi vakillarida. Yaqin kunlarda biz dastlabki natijani bilamiz va hamma narsa oʻz oʻrniga tushadi, yuz bergan fojianing toʻliq manzarasi oydinlashadi. Bu, albatta, ushbu fojiani toʻliq tergov qilish va aybdorlarni jazolash ishida muhim ahamiyat kasb etadi”, degan Ozarbayjon prezidenti.
♦ Rossiyaga qoʻyilgan talablar
“Biz Rossiya tomoniga oʻz talablarimizni aniq bayon qildik. 27 dekabr kuni bu talablar ularga rasman topshirildi. Ular nimadan iborat? Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarbayjondan uzr soʻrashi kerak. Ikkinchidan, ular oʻz ayblarini tan olishi lozim. Uchinchidan, ular aybdorlarni jazolashi, jinoiy javobgarlikka tortishi va Ozarbayjonga, jabrlangan yoʻlovchilar va ekipaj a'zolariga tovon toʻlashi kerak — bu bizning shartlarimiz. Ulardan birinchisi kecha taqdim etilgandi. Umid qilamanki, boshqa shartlarimiz ham qabul qilinadi”, degan Ilhom Aliyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Chevrolet Cobalt uchun shartnoma olishning yashirin havolasi e'lon qilindi!
Kuchli yomgʻir sabab Saudiya Arabistonining Jidda, Makka va Madina shaharlarini suv bosdi (video)
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Ilon Maskka keskin ayblov qoʻydi
Xotira va kognitiv qobiliyatni yaxshilashda eng samarali boʻlgan parhez aniqlandi
Oʻzbekistonga yana sovuq havo kirib kelmoqda
Qirol kubogi. "Al-Ittihod" penaltilar seriyasida "Al-Hilol"ni taslim etdi
Zelenskiy podkastda sanktsiyalar, sulh va Lukashenkoning uzri haqida gapirdi: «Bu *****, kechirasiz»
Toshkentda jamoat transportlariga naqd pul bilan toʻlov qilganlar jarimaga tortiladi